2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAIDA MIRZIYOYEVA: Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda
  • 15.09.2026
  • 29

Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.

Shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak.

Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi.

Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir. 

Manba: https://t.me/SShMirziyoyeva/4245 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati