2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqarolar murojaati yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 15.09.2026
  • 18

Bugun, 2026-yil 15-sentabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi, Axborot xizmati hamda Murojaatlar boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi. Murojaatchilarga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish tartibi va nomzodlar bilim-malakasi borasida qo‘yiladigan talablar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni — suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

► Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

Facebook Instagram ♦ Youtube
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati