2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARĞONA VILOYATI: 500 kV kuçlanişli energetika obyektida maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi
  • 17.09.2026
  • 35

“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Farğona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuçlanişli “Özbekiston” podstansiyasida kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda xodimlarning harakat qilişga tayyorgarligini oşiriş maqsadida maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi.

Mazkur maşğulot Özbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boşliğining 2026-yil 30-iyuldagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimining 2026-yil bir yarim yillik faoliyati yakunlari töğrisida”gi yiğiliş bayoni hamda Farğona viloyati hokimining 2026-yil 11-sentabrdagi 11-son buyruğiga asosan taşkil etildi.

Maşğulot davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning tezkor va töğri harakat qilişi, mavjud kuç va vositalardan samarali foydalaniş, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş hamda şartli avariya oqibatlarini bartaraf etiş böyiça amaliy könikmalari mustahkamlandi.

Öquv maşğuloti yakunida iştirokçilarning tayyorgarlik darajasi baholanib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va favqulodda vaziyatlarga doimiy şaylikni ta’minlaş böyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.

 

«FARĞONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI