2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: Nishon tumani aholisiga
  • 19.09.2026
  • 10

► Nishon tumani aholisiga

⚡️ Avval xabar berilganidek, bugun soat 08:43 da 110 kV kuchlanishli “L-Nishon-1” va “L-Nishon-2” elektr uzatish tarmoqlarining 28-29-sonli ustunlarini almashtirish bo‘yicha texnik ishlar boshlandi.

♂️ Elektr taʼminotchi brigadalar reja asosida, belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritmoqda. Ishlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida, tarmoqning uzoq muddatli barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Nishon tumani ahli va tadbirkorlardan uzr so‘raymiz. Ish yakunlangach, elektr taʼminoti to‘liq tiklanishi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

 

«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMAT