2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOŞKENT ŞAHRI: 110/10 kV kuchlanishli «Bunyodkor» podstansiyasini ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi mukammal ta’mirlash ishlari yukunlandi
  • 19.09.2026
  • 5

⚠️ DIQQAT! E’LON!

2026-yil 20-21-sentabr kunilari soat 00:00 dan 06:00 gacha Chilonzor tumanining ayrim hududlarida 110/10 kV kuchlanishli «Bunyodkor» podstansiyasini ta’minlovchi 110 kV yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Natijada Chilonzor tumanining quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:

▪️ «Katta Chilonzor» MFY
▪️ «Do‘mbirobod» MFY
▪️ «Naqqoshlik» MFY
▪️ «Katta Do‘mbirobod» MFY
▪️ «Navbahor» MFY
▪️ «Katta Navbahor» MFY
▪️ «Qatortol» MFY
▪️ «Ko‘tarma» MFY
▪️ «Mehrjon» MFY
▪️ «Botirma» MFY
▪️ «Zarqo‘rg‘on» MFY
▪️ «Fidokor» MFY
▪️ «Shuhrat» MFY
▪️ «Kichik Xirmontepa» MFY
▪️ «Katta Xirmontepa» MFY
▪️ «Gavhar» MFY

Hamda “Bunyodkor”podstansiyasida ta’mirlash ishlari munosabati bilan «Yurtim» podstansiyasidan chiquvchi quyidagi tarmoqlar ham navbati bilan elektr tarmog‘idan vaqtinchalik ajratiladi. Natijada quyidagi MFY hududlarining ayrim qismlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:

▪️ «Qatortol-1,2»
▪️ «Farhod-1,2»
▪️ «Moskva-1,2»
▪️ «Pishevoy-1,2»
▪️ «Elevator-1,2»
▪️ «UzGUMYa-1,2»
▪️ «INYaZ-1,2»
▪️ «Shirin»
▪️ «Qo‘rg‘ontepa»
▪️ «Tepaqo‘rg‘on»
▪️ «Xuroson»
▪️ «Zargarlik»
▪️ «Farhod»
▪️ «Tinchlikobod»
▪️ «G‘uzar»
▪️ «Ko‘hna Cho‘pon ota»

Ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar yuzaga keladi.

► Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich to‘liq tiklanadi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

⚡️ MA’LUMOT

Avval xabar berganimizdek, 20–21-sentabr kunlari 110/10 kV kuchlanishli «Bunyodkor» podstansiyasini ta’minlovchi 110 kV yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari davomida elektr tarmoqlarida zarur texnik ishlar amalga oshirilib, tarmoqning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Ishni xavfsiz tashkil etish uchun tarmoqda vaqtinchalik uzulishlar kuzatilishi mumkin.

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI