

⚠️ DIQQAT! E’LON!
2026-yil 22-sentabr 00:10 dan 07:00 gacha Bektemir tumanida 110 kV Bektemir-1 va Bektemir-2 liniyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan “Bektemir” hamda “ZIPS” podstansiyalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Natijada quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
▪️ “H. Boyqaro” MFY
▪️ “Abay” MFY
▪️ “Bektemir” MFY
▪️ “Ustozlar” MFY
▪️ “Oltintopgan” MFY
▪️ “Sohil” MFY
▪️ “Chashma” MFY
Tarmoqqa ulash va montaj ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich to‘liq tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
⚡️ MA’LUMOT
Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 22-sentabr kuni soat 00:10 dan 07:00 gacha Bektemir tumanida 110 kV «Bektemir-1» va «Bektemir-2» elektr uzatish liniyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Ishlar davomida elektr tarmoqlarida zarur texnik va montaj ishlari amalga oshirilib, tarmoqning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Ishlarni xavfsiz tashkil etish maqsadida «Bektemir» hamda «ZIPS» podstansiyalarida, shuningdek, ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini sifatli amalga oshirish hamda elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Ishlar yakunlangach, elektr ta’minoti bosqichma-bosqich to‘liq tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI