2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Eng kо'p beriladigan savollar
9. SAVOL: Xonadonga quyosh paneli va suv isitish geliokollektorlari o‘rnatishda eng avval nimalarga e’tibor qaratish lozim?
  • 15.08.2026
  • 14

❗️Javob: Eng avvalo moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlardan kelib chiqib oila loyihasining hisob-kitobi (rejasi) chamalab ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘rnatuvchi (servis ko‘rsatuvchi) tadbirkorlarni to‘g‘ri tanlash va ular yordamida takliflarni o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli asosda sotib olish uchun platforma ishga tushirildi

2022-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi ishga tushirilgan edi.

Platforma Prezidentimizning “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni* ijrosi doirasi ishga tushirildi.

Ushbu Platformadan foydalangan holda iste’molchilar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.

Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan Jamg‘armaning https://energymarket.uz/ onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va xarid qilish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega.

 

► Batafsil 

► Youtube’da to‘liq tomosha qilish

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

t.me/uzmetaxborotxizmati