
❓SAVOL: Bundan bir necha yil oldin bir haftada bir soat elektr energiyasi beriladigan davrlar bo‘lgan edi, ammo eshigimiz ostonasidan uning pulini so‘rab kelgan odam ketmasdi... Hozir bu masalalar qanday hal etilmoqda?
❗️ JAVOB: Hozir faqat tarmoqda nosozlik bo‘lgandagina elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo’ladi, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotgan vaqtda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun. Energiya tanqisligi muammosiga esa tamomila barham berildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining o‘rtacha 30 foizi qayta tiklanuvchi ("yashil energetika") energiya manbalaridan olinmoqda. Iste’molchilar esa oldindan to‘lov tizimiga o‘tkazilgan va ular o‘z hisobini onlayn rejimda kuzatishi va to‘ldirib borishi mumkin.
► Batafsil
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati