2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik: taktik-öquv maşğuloti ötkazildi
  • 24.09.2026
  • 11

Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 30-iyuldagi 25/26-147-son bayoni, 8-sentabrdagi reja-grafik hamda Namangan viloyati hokimi — viloyatda Fuqaro muhofazasi boşliğining 2026-yil 11-sentabrdagi FM-22-son buyruğiga asosan Namangan viloyatida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi.

Örganişlar davomida moddiy zaxiralar, kuç va vositalarning şaylik holati, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etişga tayyorgarlik darajasi, Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari hamda kommunal soha taşkilotlarining özaro hamkorligi közdan keçirildi.

Mazkur tadbirlar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika Işçi guruhi a’zolari hamda Namangan viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boşliği Şavkatjon Şokirjonoviç boşçiligidagi mutasaddilar iştirok etishdi.

Taktik-öquv maşğuloti davomida “Olmazor” podstansiyasidagi TSN-6 kV ötiş izolyatorining şikastlanişi (yorilişi) natijasida T-2 kuç transformatorining differensial himoya orqali öçişi bilan boğliq şartli avariya holati yuzaga keltirildi.

Maşğulot jarayonida filial mutaxassislarining avariya holatini tezkor aniqlaş, elektr qurilmalarini xavfsiz holatga keltiriş, şartli avariya oqibatlarini bartaraf etiş hamda elektr ta’minotining barqarorligini tiklaş böyiça amaliy harakatlari sinovdan ötkazildi.

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika işçi guruhi a’zolari hamda Namangan viloyati hokimi örinbosari Ğofirjon Djamalov boşçiligidagi mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş doirasida Namangan viloyatida, FVV rahbarligida öquv maşğulotlari ötkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi energetika infratuzilmasi obyektlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyalar va boşqa kutilmagan vaziyatlar sodir bölgan taqdirda, favqulodda vaziyatlar hamda kommunal xizmatlarning harakatlarga tayyorgarligini tekşirişdan iborat.

♦ Fvv.uz

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna böling!