2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Respublikaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi
  • 25.09.2026
  • 14

Bugun soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylashgan EDF kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy o‘chdi.

Ma’lumot uchun, mazkur stansiya yangi qurilgan bo‘lib, ayni vaqtda unda sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Stansiyaning avariyaviy o‘chishi natijasida avariyaga qarshi avtomatika ishlab, respublikaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi. Asosan qishloq xo‘jaligi suv nasoslari va aholi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

Hozirgi vaqtda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarning barchasi tarmoqqa qayta ulandi.

Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlaridagi hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilib, iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/21189 

https://t.me/uzauz/23689
https://t.me/qalampir/165499
https://t.me/daryo_kirill/156571
https://t.me/gazetauz_uzb/54316
https://t.me/the_bakiroo/13369
https://t.me/Sara_Xabarlar/130391

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati