2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOŞKENT ŞAHRI: 110/35/10/6 kV kuçlanişli “Vodil”podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya işlari muvaffaqiyatli yakunlandi
  • 25.09.2026
  • 21

⚠️ DIQQAT E’LON!

► Yashnobod tumani aholisiga

2026-yil 25-sentabr kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Vodil”podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Natijada quyidagi hududlar elektr energiyasidan vaqtincha uziladi:

• TashSelmash ko’chasi
• Botkina ko’chasi
• 22 v/g (yoki 22 harbiy shaharcha)
• Maxtumquli ko’chasi
• Yangibozor ko’chasi
• M. Ulugʻbek ko’chasi
• S. Mashhadi ko’chasi
• M. Riyoziy ko’chasi
• Boyqoʻrgʻon ko’chasi
• Qamashi ko’chasi
• Oltintepa ko’chasi
• Sandiqli ko’chasi
• Doʻstobod MFY ko’chasi

Ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda elektr yuklamalarini teng taqsimlash maqsadida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

⚡️ MA’LUMOT

Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 25-sentabr kuni 110/35/10/6 kV kuchlanishli «Vodil» podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda podstansiyada modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida zarur texnik hamda montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar podstansiya uskunalarining texnik holatini yaxshilash, elektr tarmoqlarining barqaror, ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.

♂️ Mutaxassislar tomonidan belgilangan texnik tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ish jarayoni nazoratga olingan.

Ishlar yakunlangach, elektr ta’minoti barqaror rejimda davom ettiriladi.

Avval xabar berganimizdek, «Vodil» podstansiyasida bugun soat 00:00 dan 06:00 gacha rejalashtirilgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari ayrim texnik sabablarga ko‘ra rejalashtirilgan vaqtdan 1,5 soatga cho‘zildi.

Ayni vaqtda barcha ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Iste’molchilarga elektr ta’minotini bosqichma-bosqich to‘liq tiklash ishlari olib borilmoqda.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI