

Farmonga asosan, 2026-yil yakuniga qadar iste’molchilarni 2050-yilgacha yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Konsepsiyada hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan uzoq muddatli ehtiyoji, mavjud resurslar salohiyati, aholi soni va hududlarning ixtisoslashuvi kabi omillar inobatga olinadi.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya saqlash tizimlari va atom energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish hamda yangi avlod energetika texnologiyalariga bosqichma-bosqich o‘tishning uzoq muddatli istiqbollari belgilanadi.
Konsepsiya har 5 yilda yangilab boriladi. Bu orqali iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, mamlakatning energetika xavfsizligi va mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli yondashuv shakllantiriladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/21191
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati