

⚡“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialida talabalar uchun Workshop tashkil etildi
► Andijon davlat texnika instituti Muqobil energiya manbalari kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialida talabalar uchun navbatdagi amaliy Workshop tashkil etildi.
Unda 4-bosqich Energiya tejamkorligi va energoaudit”, “Muqobil energiya manbalari hamda 3-bosqich Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korxona mutaxassislari va institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida energetika sohasidagi dolzarb amaliy masalalar muhokama qilindi. Talabalar elektr tarmoqlaridagi amaliy jarayonlar, elektr energiyasi sifati, yuklamalarni tahlil qilish, elektr yo‘qotishlarini aniqlash, podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlari samaradorligini oshirish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalarga amaliyot o‘tash imkoniyatlari, mavjud vakant ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari hamda kelgusida zarur bo‘ladigan kasbiy bilim va ko‘nikmalar haqida tushuntirishlar berildi.
Workshopning asosiy maqsadi — talabalarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash, ularni energetika korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur amaliy kompetensiyalarni shakllantirish.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali energetika mutaxassislarini tayyorlashning muhim omilidir!
Manba: https://t.me/andtexnika/39625
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati