

Ayni paytda (bugun, 2026-yil 30-sentabr kuni) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov yosh muhandis xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Bu safargi tadbir 1-oktabr — Ustoz va murabbaylar kuni munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatimizning faxriy ustozlari: Xoliq Boboyorovich Elmurodov hamda Shamsiddin Sirojiddinovich Kuliboyev ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda. Yosh muhandislar ustozlarning hayot yo‘li, mehnat faoliyati va kasb mashaqqatlari bilan tanishib, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risidagi o’gitlaridan bahramand bo‘lishmoqda.
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati