2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz ta’lim fidoyilari!
  • 01.10.2026
  • 19

Sizlarni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ustozlik — qalblarga ma’rifat nurini singdirish, yosh avlodga bilim va tarbiya berish, insonni ezgu maqsadlar sari yetaklashdek sharafli va mas’uliyatli kasbdir.

Ayniqsa, energetika sohasi kabi yuksak bilim, mustahkam iroda va katta mas’uliyat talab etadigan yo‘nalishlarda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularga kasb sirlarini o‘rgatish va ustoz-shogird an’analarini davom ettirishda Sizlarning xizmatlaringiz beqiyosdir.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringiz kamolini, mehnatingiz samarasini ko‘rib, doimo el-yurt ardog‘ida bo‘lish nasib etsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar!

Hurmat bilan,

Aksiyadorlik jamiyati jamoasi

 

«Oʻzbekiston MET» AJ Axborot xizmati