2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Qishga tayyorgarlik: elektr tarmoqlarida 222 ta avariya brigadasi navbatchilik qiladi
  • 02.10.2026
  • 11

Foto: Kursiv Uzbekistan

2026/2027-yil kuz-qish mavsumi oldidan 23,5 ming km dan ortiq elektr tarmog‘i ta’mirlandi, borish qiyin bo‘lgan hududlardagi tarmoqlar dron yordamida tekshirildi

2026/2027-yil kuz-qish mavsumi oldidan 23,5 ming km dan ortiq elektr tarmog‘i ta’mirlandi, borish qiyin bo‘lgan hududlardagi tarmoqlar dron yordamida tekshirildi.

Avariyaviy holatlar uchun 222 ta brigada tayyorlandi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining ekspluatatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Boburjon Murodovning aytishicha, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish uchun 222 ta navbatchi brigada tashkil etilgan.

«Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi brigada tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport, zarur ehtiyot qismlar, aloqa va himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. Elektr qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda tezkor axborot almashinuvini ta’minlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida jamiyatning Situatsion tahlil boshqarmasida rahbar va mas’ul xodimlarning 24 soatlik navbatchilik rejimi yo‘lga qo‘yilgan», — dedi Murodov.



Elektr tarmoqlarini monitoring qilish uchun SCADA tizimi ishga tushiriladi

S.S.Artikov elektr tarmoqlarini masofadan kuzatish va boshqarish uchun SCADA tizimi joriy etilayotganini ham bildirdi.

«Birinchi bosqichda 52 ta energetika obyekti SCADA tizimiga ulanadi. Tizim podstansiyalar va elektr tarmoqlaridagi jarayonlarni markazdan real vaqt rejimida kuzatish va boshqarish imkonini beradi», — dedi u.


SCADA orqali dispetcherlar uskunalar holati, kuchlanish va avariya signallarini tezkor kuzatib, nosozliklarga tezroq javob qaytarishi mumkin.

Manba: https://uz.kursiv.media/ 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati