2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
rost.uz: Avariya holatida elektr taʼminoti barqarorligini saqlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan — «O‘zbekiston MET» AJ matbuot anjumanidan lavha
  • 03.10.2026
  • 10

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ har yilgidek avariya sababli yirik podstansiya yoki magistral liniya ishdan chiqqan holatlarda tizim barqarorligini taʼminlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilganini maʼlum qildi.

Bu haqda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining ekspluatatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Boburjon Murodov kompaniyaning 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishki eng yuqori yuklama davrida tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kritik nuqtalar oldindan aniqlanib, ularda modernizatsiya, kapital va joriy taʼmirlash hamda texnik ko‘rik ishlari amalga oshirilgan.

«Isteʼmolchilarda elektr energiyasi uzilishlarining oldini olish uchun aniqlangan kamchiliklar doimiy ravishda bartaraf etib boriladi. Asosiy kritik nuqtalar bartaraf etilgan», — dedi Boburjon Murodov.

Uning taʼkidlashicha, bu yilgi kuz-qish mavsumida magistral tarmoqlardagi ortiqcha yuklanishlar sababli elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmasligi kutilmoqda.

Manba

► YouTube‘da ko‘rish
 

 Matbuot anjumanini to‘liq ko‘rish 

 

O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati