

"Farğona magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “2A” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Quvasoy şahar bölimi bilan hamkorlikda yonğinga qarşi amaliy maşğulot ötkazildi.
Maşğulot davomida podstansiya hududida şartli yonğin yuzaga kelgan holatda xodimlarning tezkor va töğri harakatlanişi, yonğin xavfini bartaraf etiş hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini kamaytiriş böyiça amaliy tadbirlar bajarildi
Şuningdek, yonğin sodir bölganda xodimlarni xavfsiz hududga olib çiqiş, yonğin öçiriş vositalaridan töğri foydalaniş, navbatçi xodimlar va tegişli xizmatlar örtasida tezkor axborot almaşinuvini yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliy maşğulot yakunida xodimlarning yonğin xavfsizligi qoidalariga oid bilim va könikmalari mustahkamlanib, favqulodda vaziyatlarda hamjihatlikda va tezkor harakat qiliş böyiça tajribasi oşirildi.
«FARĞONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI