2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY IZOH: Rejali taʼmirlash ishlarida qisqa muddatli uzilishlar nazarda tutilgan va/yoki uzilishlar umuman bo‘lmasligi ham mumkin!
  • 07.10.2026
  • 28

Aksariyat isteʼmolchilarga maʼlumki,  elektr taʼminotida taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilayotganda xavfsiz mehmat sharoitini yaratish maqsadida vaqtincha taʼmirga chiqarilayotgan qurilmaning yuklamasi ikkinchi qurilmaga o‘tkazib turiladi. Bu texnik-muhandislik amaliyoti barcha elektr taʼminoti korxonalariga xos.

Bu ish jarayoni dispetcherlik xizmatlari hamda taʼminotchi korxona va mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda (tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirilib), isteʼmolchilar ogohlantirilib, amalga oshiriladi.

↕️ Shu maqsadda kecha "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali rasmiy sahifasida eʼlon berilgan edi.

Eʼlon mazmuni quyidagicha:
 

"... 500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasining T-1 transformatorida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 7-oktyabr kuni soat 00:00 dan 18:00 gacha Samarqand viloyatining barcha tumanlarida elektr ta’minotida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Iste’molchilardan mazkur holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz."



Ammo ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi ayrim rasmiy nashrlarda ushbu xabar biroz noto‘g‘ri talqinda jamoatchilikka taqdim etilgani kuzatildi va xabar sarlavhasidagi jumla hamda tanlangan surat o‘quvchilarda (isteʼmolchilarda) boshqacha taassurot qoldirishi (uyg‘otishi) mumkin.

❗️ Shu bois Samarqand viloyati isteʼmolchilari eʼtiboriga taqdim etilgan xabarga qo‘shimcha izoh beramiz:

500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasining T-1 transformatorida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan paytda uning yuklamasi vaqtincha o‘tkazilgan qurilma o‘ta yuklama bilan ishlagan taqdirdagina ayrim elektr tarmoqlari qisqa muddatga o‘chirilib, yuklama rostlab borilish ehtiimoli mavjud.

Ayni kunlarda elektr taʼminotidagi isteʼmol hajmi meʼyoriy bo‘lgani tufayli
, QISQA MUDDATLI UZILISHLAR UMUMAN BO‘LMASLIGI ham mumkin.

Texnik zaruriyat tufayli olib borilayotgan profilaktika ishlarini to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddamiz.

https://t.me/vaqtuz_rasmiy/51701

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI