2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY IZOH: «Ruboiy» podstansiyasidagi nosozliklar bartaraf etilib, holat takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko‘rildi
  • 07.10.2026
  • 15

2026-yil 4-oktabr kuni soat 18:15 da Chilonzor tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli «Ruboiy» podstansiyasida qisqa tutashuv (chaqnash) natijasida nosozlik yuzaga kelib, buning oqibatida Chilonzor tumanidagi ayrim hududlari iste’molchilari elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatilgan.

♦ Elektr qurilmalariga tushayotgan yuklama ortgani tufayli sodir bo‘lgan nosozlik oqibatida ayrim qurilma va jihozlar shikastlangan. Mazkur holat haqida podstansiya navbatchisidan ma’lumot kelib tushishi bilan tezkor guruh mutaxassislari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, vaziyatni nazoratga oldi.

► 19:17 da nosozlik bartaraf etilib, 35 kV kuchlanishli elektr ta’minoti qisman tiklangani haqida ma’lumot berildi. 10 kV kuchlanishli qurilmada esa zarur ta’mirlash ishlari davom ettirildi.

⇒ 21:50 da «Ruboiy» podstansiyasidagi ta’mirlash jarayonlari aks etgan fotolavhalar rasmiy kanal orqali e’lon qilindi.

► Mutaxassislar tomonidan zarur choralar ko‘rilib, ta’mirlash ishlari yakunlandi va 22:30 da iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.


❗️ Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda «podstansiya butkul yonib ketgan» mazmunidagi asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqalganini qayd etamiz.

Ayni vaqtda «Ruboiy» podstansiyasidagi barcha qurilmalar barqaror ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

► Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

❗️ Hurmatli iste’molchilar, turli norasmiy manbalarda tarqatilayotgan asossiz ma’lumotlarga ishonmasdan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan faqat rasmiy manbalarimiz orqali berilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishingizni so‘raymiz.

♦ Sizlarni yuzaga kelayotgan holatlar hamda ularni bartaraf etish jarayoni haqida rasmiy manbalarimiz orqali muntazam xabardor qilib boramiz.

https://t.me/poytaxt_uz/53396

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI