
Oylik doirasida asosiy e’tibor — elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish, xavfli holatlarning oldini olish va aholining elektr xavfsizligi bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratiladi.
Bu davrda:
♦ aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari kuchaytiriladi;
♦ elektr tarmoqlari, transformator punktlari va boshqa elektr obyektlarining texnik holati o‘rganiladi;
♦ aniqlangan xavfli holatlar bartaraf etiladi;
♦ elektr obyektlaridagi to‘siqlar, eshiklar, qulflar hamda ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilar holati ko‘rib chiqiladi;
♦ aholi yashash joylari, maktablar, bog‘chalar, bozorlar va boshqa jamoat joylariga yaqin elektr obyektlariga alohida e’tibor qaratiladi;
♦ tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlariga elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Asosiy maqsad — xavfni oldindan aniqlash, uning oldini olish va elektr xavfsizligi madaniyatini oshirish.
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati