

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, murojaatlar bilan ish olib boruvchi mas’ul xodimlarning har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishni ta’minlash belgilangan.
Shu munosabari bilan, Adliya vazirligi huzuridagi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy murojaatiga ko‘ra, joriy yining 7–8-oktabr kunlari Aksiyadorlik jamiyatining Markaziy boshqaruv ma’muriyati hamda magistral elektr tarmoqlarida murojaatlar bilan ishlashga mas’ul jami 17 nafar xodimlarning malakasi oshirildi.
Ikki kun davom etgan malaka oshirish kursida mas’ul xodimlar murojaatlar bilan ishlashga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan tanishib, bu yo’nalishdagi ish samaradorligini oshirishga qaratilgan mahorat darslaridan saboq olishdi.
✍️ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi