2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Energiya ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda
  • 10.10.2026
  • 14

Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimligida Bosh prokuror o‘rinbosari S. Samadov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida yoqilg‘i-energetika sohasidagi masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
 

Unda O‘zenergoinspeksiya boshliq o‘rinbosari B. Sobirov, viloyat hokimining o‘rinbosari A. Amirov, , Sho‘rchi va Oltinsoy hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz ta’minoti korxonalari hamda tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda debitorlik qarzdorligini qisqartirish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash hamda kommunal sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zenergoinspeksiya, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillarining mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan axborotlari tinglandi.

Shuningdek hududlardagi obyektlarda mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati