2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatida kuz-qiş mavsumidagi muhim vazifalar muhokama etildi
  • 12.10.2026
  • 13

Avval xabar berilganidek, bir haftalik malaka oşiriş kursini muvaffaqiyatli tamomlagan “Özbekiston MET” AJ filiallari rahbarlari iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazilib, magistral elektr tarmoqlari direktorlariga badiiy kitoblar sovğa qilindi.

Tadbirning ikkinçi qismida Aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi A.A.Nazirov tomonidan 2026–2027-yil kuz-qiş mavsumida magistral elektr tarmoqlarida bajarilişi lozim bölgan muhim vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Unda magistral elektr tarmoqlaridagi ekspluatatsiya masalalari, texnologik sarf miqdorini kamaytiriş, rahbar kadrlarda ijro mas’uliyati, xodimlar işini boşqariş jarayonini bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş va sun’iy intellektni joriy etiş, tarmoqdagi avariyalar oldini oliş hamda avariyani bartaraf etiş muddati qisqartiriş, mehnat samaradorligini oşiriş kabi masalalar muhokama etildi.

 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati