

ENERGETIKA VAZIRLIGI: Qaysi elektr obyektlarida profilaktika ko‘rigi birinchi navbatda o‘tkaziladi?
Maqsad — xavfli holatlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish.
—
Avval xabar berganimizdek. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil 1-oktabrdan 31-oktabrga qadar Respublikamiz hududida «Elektr xavfsizligi oyligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
► Oylik davomida elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, elektr tarmoqlari va qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.
⚠️ Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!
► Yaqinlaringiz, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlang.
Ø Elektr tarmoqlari muhofaza zonasida taqiqlangan ishlarni amalga oshirmang.
Elektr xavfsizligi — har birimizning umumiy mas’uliyatimiz!
✍️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati