
"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialida kuz-qish mavsumida elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarning ishonchli ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida tizimli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
© «Andijon-MTRK» telekanali, «Andijon axboroti» informatsion dasturi
https://www.youtube.com/
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali
MA’LUMOT O‘RNIDA: Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 35– 500 kV kuchlanishli, umumiy uzunligi 36 568 kilometr elektr tarmoqlari hamda umumiy quvvati 60 844 megavolt∙amper boʻlgan 1 679 ta podstantsiyalar mavjud.
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 5 tonna turli rusumdagi sim, 10 kilometr kabel mahsuloti, 60 dona metall va temir-beton tayanch ustunlari, 5 555 ta izolyator, shuningdek, podstantsiyalar uchun turli quvvatdagi 97 ta transformator zaxirasi shakllantirildi.
Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi brigada tashkil etilgan boʻlib, ular maxsus avtotransport, zarur ehtiyot qismlar, aloqa va himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlangan.
Mavsum uchun jami 629 ta avtotransport va maxsus texnika, jumladan, 43 ta avtokran, 14 ta ekskavator, 125 ta yuk koʻtarish mashinasi, 82 ta brigada va 302 ta tezkor guruh (OVB) avtotransporti, 39 ta avtogidrokoʻtargich hamda 24 ta koʻchma elektrotexnika laboratoriyasi shay holatga keltirilgan.
Elektr qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir boʻlganda tezkor axborot almashinuvini taʼminlash, maʼlumotlarni tahlil qilish va ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida Aksiyadorlik jamiyatining Situatsion tahlil boshqarmasida rahbar va masʼul xodimlarning 24 soatlik navbatchilik rejimi yoʻlga qoʻyilgan.
Isteʼmolchilarni oʻz vaqtida ogohlantirish, yaʼni rejali taʼmirlash hamda favqulodda oʻchish xabarlari Axborot xizmati bilan hamkorlikda rasmiy veb-sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida isteʼmolchilar eʼtiboriga taqdim etib borilmoqda.
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati