

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining temir konstruksiyali tayanch ustunlarida bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 35 kVli “L-Forish” elektr uzatish havo tarmog‘ining 6-11-12-sonli ustunlarida korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar temir ustunlarni zanglashdan himoya qilish hamda ularning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan.
«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI