

⚡️ TOSHKENT UCHASTKASI: Tungi qurilish-montaj jarayonlari
“Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent uchastkasi tomonidan Samarqand viloyati, Urgut tumanida yangi qurilayotgan “Chumchuqli” podstansiyasida tungi soatlarda ishlar olib borilmoqda.
► Ishchi-xodimlar maxsus texnikalar yordamida podstansiyalardagi qurilish-montaj ishlarini davom ettirishmoqda.
Fotolavhalarda tungi ish jarayoni, jumladan, avtokran yordamida konstruksiyalarni ko‘tarish ishlari aks etgan.
Podstansiyalar elektr tarmoqlarining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari energetika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
► Obyektlardagi ish jarayonlari va bajarilgan ishlar haqida rasmiy kanalimiz orqali ma’lumot berib boramiz.
⚡️ “Magistraltarmoqqurilish” — rasmiy kanal