2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 6 kV kuchlanishli qurilmadagi nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilar elektr ta’minoti tiklandi
  • 14.10.2026
  • 15

DIQQAT E’LON!!!

Bugun, soat 19:10 da “4-sonli” podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli shinalar tizimida nosozlik sabab qisqa tutashuv sodir bo'ldi. Natijada Т-1 va T-2 transformatorlarida releli himoya tizimi ishlashi natijasida 6 kV kuchlanishli shinalar tizimi to‘liq kuchlanishsiz qoldi.

Nosozlik bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

—

110/6 kV kuchlanishli "4-sonli" podstansiyasidagi nosozlik bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda

Soat 20:00 da 6 kV kuchlanishli 2-shinalar tizimiga to'liq tiklanib isteʼmolchilar elektr ta’minoti tiklandi. Ayni vaqtda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, isteʼmolchilar navbati bilan  elektr ta’minoti  tiklanmoqda. 

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali
⇒ t.me/AndijonMET_Axborot