

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti
Taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv yosh energetiklarda unutilmas taassurot qoldirdi
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 14-oktabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon ishtirok ijodiy uchrasuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, energetika sohasining iqtisodiyot ravnaqidagi o‘rni, o‘zbek tili va tilshunoslik masalalari, ijodiy muhit, kitobsevarlik, bugungi kunda yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ijodkorlar Aksiyadorlik jamiyati kutubxonasiga Yozuvchilar uyushmasi nomidan ikki yuzdan ortiq kitoblar sovg‘a qilishdi.
Tadbir savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.
https://t.me/yozuvchilar_uz/57073
https://t.me/yozuvchilar_uz/57083
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati