2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Tezkor navbatchi brigada a’zolari uchun mahorat darsi
  • 16.10.2026
  • 38

⚡️ 220/110/10 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasi hududida joylashgan “Tezkor xodimlarni tayyorlash” o‘quv markazida navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

► Mashg‘ulotlar Energetika vaziri maslahatchisi, MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik Dadajon Aynaqulovich Isaqulov tomonidan olib borilib, tezkor navbatchi brigada a’zolarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

♦ Darslar davomida elektr energetikasi sohasidagi tajriba va bilimlar almashinuvi, tezkor xodimlarning malakasini oshirish hamda mavsum ichidagi muhim vazifalarni samarali bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚡️ Bunday o‘quv mashg‘ulotlari — kasbiy mahoratni oshirish, mas’uliyatni mustahkamlash va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI