

“Farğona magistral elektr tarmoqlari” filiali boş muhandisi A.A. Mamatqulov boşçiligida 110/35/6 kV kuçlanişli “2A” podstansiyasida navbatdagi texnik öqiş taşkil etildi.
Texnik öqiş davomida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 338-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalaniş qoidalari”ning I bölimi — “Umumiy qoidalar”, “Asosiy qoidalar” hamda “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanişning umumiy şartlari” yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida elektr energiyasidan xavfsiz foydalaniş, inson hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, yonğinlar, avariyalar hamda baxtsiz hodisalarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday texnik öqişlar xodimlarning kasbiy bilim va mehnat xavfsizligini ta’minlaş hamda magistral elektr tarmoqlarining işonçli va barqaror işlaşiga xizmat qiladi.
"FARĞONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI AXBOROT XIZMATI