2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
«ENERGO-IT» filiali jamoasi tomonidan ichki turizm sayohati uyushtirildi
  • 17.10.2026
  • 34

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «ENERGO-IT» jamoasi joriy yilning 17–18-oktabr kunlari qadimiy va afsonaviy Xiva shahriga sayohat uyushtirdilar.

Qadimiy Xivaning betakror muhiti, osmono‘par minoralar, mahobatli madrasalar va «Ichan-qalʼa» majmuasining sehrli ko‘chalari barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Ochiq osmon ostidagi muzey bo‘lmish bu ko‘hna shahar jamoaga o‘zgacha ruh, ilhom va unutilmas xotiralarni tuhfa etdi.

Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati