
SAP S/4HANA dasturiy ta’minoti bazasida resurslarni boshqarishning korporativ axborot tizmida ishlash uchun mutaxassislarni taklif etadi.
Bo‘sh ish o‘rni: “ENERGO-IТ” filiali “ERP tizimini boshqarish guruhii”ga 2 nafar muhandis lavozimi
TALABLAR:
1. Ma’lumoti: Mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumot;
2. Ish tajribasi va staji: muhandis dasturchi sifatida kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
3. Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi.
4. Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:
· Dasturlash usullari va axborotni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tartibga soluvchi materiallar;
· Texnik va ekspluatatsion xarakteristikalar, konstruktiv xususiyatlar, jihozlarning qo‘llash usullari va ishlash rejimlari, axborotni mexanizatsiyalashtirish, qayta ishlash texnologiyasi;
· Axborotni tasniflash va kodlash usullari;
· Amaldagi standartlar, sanoq tizimlari, shifrlar va kodlar;
· Matematik va mantiqiy tahlil usullari;
· Dasturlash va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba;
· ma’lumotlar bazalari. Jadvallar yaratish, so‘rovlar yozish, ma’lumotlarni bog‘lash va ma’lumotlar bazasini himoyalash;
· SAP tizimida ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, tekshirish va tahlil qilish hamda tizimida yuzaga keladigan texnik va dasturiy muammolarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
5. Asosiy vazifalar:
Ø Matematik modellar va algoritmlarni tahlil qilish asosida muammoning yechimini amalga oshiradigan dasturlarni ishlab chiqish.
Ø Amalga oshirilgan dasturlar va dasturiy taʼminotni takomillashtirish.
Ø Dasturlashni avtomatlashtirish usullari va vositalarini, hamda standart dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ø Yechilayotgan masala bo‘yicha axborotni o‘rganish va tahlil qilish, uning mohiyatini shakllantirish va matematik tavsif berish.
Ø Umumiy dastur tarkibiga kiruvchi dastur va kichik dasturlar uchun texnik shartlar va topshiriqlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-65.
Elektron pochta: energoit@uzbekistonmet.uz
YARATILGAN ShAROITLAR:
· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
· Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
· Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati