2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: “Mergancha” podstansiyasi beton quyish ishlari davom etmoqda
  • 19.10.2026
  • 13

Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo etilayotgan “Mergancha” podstansiyasida “Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent va Farg‘ona uchastkalari jamoalari tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Yordamchi bino devorlarini betonlash ishlari 100 foiz bajarildi.

Birinchi va ikkinchi rezervuarlarda gidroizolyatsiya ishlari davom etmoqda.

Transformator moyini saqlashga mo‘ljallangan 60 tonnalik sig‘im uchun beton quyish ishlari bajarilmoqda.

Ushbu qurilish-montaj jarayonlari ortida Toshkent va Farg‘ona uchastkalari ishchi-xodimlarining mehnati mavjud. Ushbu uchastka jamoalari “Mergancha” podstansiyasi qurilishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

 

“Magistraltarmoqqurilish” — rasmiy kanal