2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxt energetika obyektlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda
  • 19.10.2026
  • 9

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/10/10 kV kuchlanishli «Prigorodnaya» podstansiyasida elektr energetikasi obyektlarini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida elektr xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish, uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish hamda elektr ta’minoti tizimining barqarorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur ishlar kelgusida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, elektr qurilmalarining xizmat muddatini uzaytirish va iste’molchilarni sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI