2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: «Elektr xavfsizligi oyligi» tadbirlari doirasida profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda
  • 19.10.2026
  • 28

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-sonli qarori hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 6-oktabrdagi BM-367-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, energetika obyektlari atrofida yashovchi fuqarolar bilan elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida fuqarolarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida belgilangan talablarga qat’iy amal qilish, elektr qurilmalari va tarmoqlariga yaqin hududlarda ehtiyotkor bo‘lish hamda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — har bir fuqaroning hayoti va salomatligini asrashning muhim shartidir!

 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna böling!