

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi “Zafar” podstansiyasida 35-sonli topshiriqnomaga asosan joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, 110 kV kuchlanishli L-O-Z-2 liniyasi o‘chirgichining kirish qismidagi moy bosimini ko‘tarish hamda 110 kV kuchlanishli tok transformatoriga moy quyish ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI