2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
  • 21.10.2026
  • 20

Siz azizlarni ko‘psonli jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!

Milliy til — kurrai zaminimizdagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o‘zagi, asosiy muloqot manbai hisoblanadi. Ona tilimiz orqali alla eshitganmiz, oilada tarbiya, o‘quv muassasalarida ta'lim olganmiz, urf-odat, an'ana va madaniyatlarimiz ruhiyatimizga singgan.

► 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi belgilab qo‘yilgan.

Alqissa shuki, til — tariximiz, til — madaniyatimiz, til — milliy qadriyatlarimiz unsuri.

Fursatdan foydalanib, Jonajon yurtimiz ahlini, jahon mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni, qolaversa, energetika sohasi jonkuyarlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman.

Hurmat bilan,

A.A.Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi