2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MATBUOT KOTIBI IZOHI: Elektr energetika umumtizimi nima? Mintaqaviy tranzit va bog‘lovchi bo‘g‘in-chi?
  • 20.10.2026
  • 24

SAVOL: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetika umumtizimi nima? Mintaqadagi sohaga oid ko‘rsatkichlarning qaysi yo‘nalishlarida Vatanimiz energetiklari ilg‘or?

JAVOB: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetika umumtizimi (Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimi — BET) — bu mintaqa davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) o‘rtasida elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, tarmoq barqarorligini ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida sinxron (bir vaqtda) ishlaydigan yagona yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar majmuasidir.

Ushbu tizim sovet davrida shakllangan bo‘lib, uning Muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (“Energiya” MDM) Toshkent shahrida joylashgan. Tizimning boshqaruv markazi aynan O‘zbekistonda joylashgani bejiz emas, chunki mamlakatimiz geografik va texnik jihatdan mintaqa energetika tizimining "yuragi" hisoblanadi.

 

© «Nurafshon» telekanali, «NIGOH» loyihasi, 1-qism
 

► "Unda «O‘zbekiston MET» AJ matbuot kotibi U.Urunov hamda "Hududiy ET” AJ matbuot kotibi F.Nuraliyev ishtirok etdi.

Jurnalist — Iroda Nortojiyeva.
 

—

❓O‘zbekiston energetiklari mintaqada sohadagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ilg‘or va yetakchi hisoblanishadi?

▶️ Mavjud quvvatlar va generatsiya hajmi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng yirik issiqlik elektr stansiyalari tarmog‘iga ega. Mamlakatimiz mintaqada elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini egallaydi.

▶️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish tezligi: O‘zbekiston oxirgi yillarda quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish sur’atlari bo‘yicha mintaqada mutlaq yetakchiga aylandi. Yirik xalqaro investitsiyalarni jalb qilgan holda bir necha gigavatt "yashil quvvatlar" tarmoqqa ulanmoqda.

 2030-yilga borib, jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

2035-yilda yurtimizda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois uzoqni o‘ylab, energetikaning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

2030-yilga borib O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 10 GVtdan oshirish rejalashtirilgan. Buning muhim jihati shundaki, O‘zbekiston sharoitida shamol elektr stansiyalari yiliga o‘rtacha 3 200 soat to‘liq quvvatda ishlashi mumkin. Quyosh elektr stansiyalarida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2 300 soatni tashkil etadi.

▶️ Energotizimni modernizatsiya qilish va raqamlashtirish: Respublikada podstansiyalarni boshqarish, ASKUE (elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi) va dispetcherlik nazoratini raqamlashtirish bo‘yicha eng yirik loyihalar amalga oshirildi.

▶️ Mintaqaviy tranzit va bog‘lovchi bo‘g‘in: O‘zbekiston geografik joylashuviga ko‘ra qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va hatto Afg‘oniston) o‘rtasidagi elektr energiyasi tranzitida asosiy bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Tizimning barqarorligi ko‘p jihatdan O‘zbekiston magistral tarmoqlarining soz ishlashiga bog‘liq.

► YouTube’da to‘liq ko‘rish

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

▪️ 10.02.2025 — Birgina maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

▪️ 29.04.2025 — BLEK-AUT: G‘arbiy Yevropada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli nosozliklar qayd etildi

▪️ 25.05.2025 — OAV: “Fransiyada yirik blekaut yuz berdi”

▪️ 04.07.2025 — OAV: “Chexiyada keng ko‘lamli elektr uzilishi yuz berdi — Denik”

▪️ 14.08.2026 — ENERGETIKA VAZIRLIGI: Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

⇒ Dunyo mamlakatlari elektr taʼminotida kuzatilgan yirik nosozliklar va ularning oqibatlari
(1965–2021-yillar)

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
 

✅ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati