2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Umummilliy diktant” tanlovi o‘tkazildi
  • 21.10.2026
  • 13

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari o‘rtasida “Umummilliy diktant” tanlovi tashkil etildi.
 

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning o‘zbek tilida savodli yozish va ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida xodimlar o‘z bilim va savodxonliklarini sinovdan o‘tkazib, faol ishtirok etdilar.

Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan, diktantni xatosiz yozgan g‘olib va sovrindorlar Filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.



 

“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali