

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli “Jiydakapa” ochiq taqsimlash qurilmasida (OTQ) navbatdagi ta’mirlash va texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, 110 kV “Jiydakapa” qurilmasidagi moyli o‘chirgichda joriy ta’mirlash hamda sinov ishlari bajarildi. Jarayon davomida elektr uskunalarining texnik holati tekshirilib, ularning ishga yaroqliligi va ishonchli ishlashiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbirlar elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavsum davomida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna böling!