2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: FAXRIM, G‘URURIM, IFTIXORIMSAN — ONA TILIM!
  • 21.10.2026
  • 9

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Nafisa Quylonova, Xusan Yusupov va Sobir Umarov ishtirok etib, o‘zbek tilining qadri va ahamiyati, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, shuningdek, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdilar.

Ta’kidlanganidek, 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi xalqimizning milliy o‘zligini anglash va o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim tarixiy qadam bo‘ldi.

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi. Uni e’zozlash va kelajak avlodga bezavol yetkazish har birimizning burchimizdir. 

 

«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI