

“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-sonli qarori hamda “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 6-oktabrdagi BM-367-sonli “Elektr xavfsizligi oyligi”ni o'tkazish bo'‘yicha ko'rsatmasi ijrosini ta'minlash maqsadida Shahrisabz shahridagi 12-maktab umumiy o‘rta ta'lim maktabida, shuningdek 110/35/10 kV kuchlanishli "Guliston" podstansiyasi atrofida yashovchi fuqarolar bilan profilaktik uchrashuvlar o'tkazildi.
Tadbirda o'quvchilar va fuqarolarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida belgilangan talablarga rioya etish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi. O'quvchilarga elektr xavfsizligi bo'yicha axborot plakatlari tarqatildi.
Asosiy maqsad — aholi o'rtasida elektr xavfsizligi madaniyatini oshirish, inson hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda elektr bilan bog'liq baxtsiz hodisalarning oldini olish.
2026-yil 1–31-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida 35–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalarida aniqlangan noqonuniy qurilish obyektlari hamda fermer xo‘jaliklari yer egalari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolar, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmaslik, belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda elektr tarmoqlari xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik so‘raladi.
⚠️ Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — inson hayoti, mol-mulk va elektr ta’minoti barqarorligini asrash garovidir!
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMAT