2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: Podstansiyalarda ta’mirlash va sozlash ishlari olib borildi
  • 21.10.2026
  • 19

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalarda elektr uskunalarining ishonchli hamda barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sayxunobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasining 110 kV kuchlanishli o‘chirgich qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, Boyovut tumanidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Gulzor” podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmalarida texnik ta’mirlash va sozlash ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar elektr uskunalarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchli ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna böling!