2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: “Chumchuqli” podstansiyasida SK-26 ustunlarini montaj qilish ishlari davom etmoqda
  • 21.10.2026
  • 21

Samarqand shahri hududidagi “Chumchuqli” podstansiyasida “Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent uchastkasi tomonidan montaj ishlari olib borilmoqda.

Obyektga 6 dona SK-26 temir-beton ustuni olib kirildi. Ayni paytda ularni montaj qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Ustunlarni o‘rnatish podstansiyadagi konstruksiyalarni barpo etishning navbatdagi bosqichidir. Toshkent uchastkasi jamoasi mazkur jarayondagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Fotolavhalarda obyektdagi ish jarayonlaridan lavhalar aks etgan.
 

“Magistraltarmoqqurilish” filiali — rasmiy kanal