
© «Madaniyat va ma’rifat» telekanali, «AGAR...» dasturi / Mavzu: «YANGI ENERGETIKA ISTIQBOLLARI»
So‘nggi o‘n yilda yurtimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi izchil oshib bordi. Jumladan, 2016-yilda 59 mlrd kVt·soat bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 2025-yilga kelib 86,7 mlrd kVt·soatga yetdi. Ya’ni bu 2016-yildagiga nisbatan 27,7 mlrd kVt⋅soat yoki 46 foiz ko‘pni tashkil etdi.
Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasidagi natijalar e’tiborga loyiq. “Yashil” elektr stansiyalari tomonidan 2022-yilda 434 mln kVt·soat, 2023-yilda 576,9 mln kVt·soat, 2024-yilda 4,9 mlrd kVt·soat va 2025 yilda 10,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati