

“Qaşqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida ma’naviyat soati ötkazildi
21-oktabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qaşqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida ma’naviyat soati taşkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi beqiyos örni, uni asrab-avaylaş, sofligini saqlaş hamda davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bölişning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Şuningdek, iş faoliyatida davlat tilidan töğri va samarali foydalaniş, özbek tilining nufuzini oşiriş hamda uning boy imkoniyatlarini keng tarğib etiş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Xodimlarning samimiy fikrlari va mazmunli mulohazalari bilan ötgan tadbir ona tilimizga bölgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Qadring baland bölsin, ona tilim!
«QAŞQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
►AXBOROT XIZMAT