

Yakkasaroy tumanida joylaşgan 35/6 kV kuçlanişli “TTM” podstansiyasida elektr uskunalarining texnik holatini yaxşilaş hamda işonçli va barqaror işlaşini ta’minlaş maqsadida rejali texnik işlar amalga oşirilmoqda.
Işlar doirasida T-1 transformatori va 6 kV kuçlanişli 1-seksiya şinasida texnik ta’mirlaş hamda tekşiriş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini tekşiriş hamda laboratoriya sinovlari amalga oşirilmoqda.
Mazkur tadbirlar elektr uskunalarining texnik sozligini ta’minlaş, mavjud nosozliklarning oldini oliş va iste’molçilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaşga xizmat qiladi.
“Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan elektr tarmoqlarining işonçli işlaşini ta’minlaşga qaratilgan texnik tadbirlar izçil davom ettirilmoqda.
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI