2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY IZOH: Shayxontohur tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “Sevinch” podstansiyasida rejali texnik ishlar muddati uzaytirilgan tartibda yakunlandi
  • 23.10.2026
  • 8

21.10.2026

⚠️ DIQQAT E’LON!

► Shayxontohur tumani aholisiga!

2026-yil 22-oktabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Shayxontohur tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “Sevinch” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan T-3, 6300 kVA quvvatli transformatorni ishga tushirish maqsadida tegishli elektr tarmoqlarida ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ishlarni xavfsiz amalga oshirish uchun “GES-21” ta’minlovchi "Aloqador" fideri o‘chiriladi.

Natijada quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Shayxontohur tumani:
▪️ “O‘rda” MFY
▪️ Anhor 2-, 3- va 4-domlar
▪️ Navoiy 2-, 3- va 6-domlar
▪️ Labzak hududi
▪️ Eski Usmon Yusupov ko‘chasi
▪️ 1-, 2-, 4- va 68-domlar

Ushbu ishlar yangi transformatorni elektr tarmog‘iga ulash va ishga tushirish, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

—

22.10.2026

⚡️ “SEVINCH” PODSTANSIYASIDA ISH JARAYONI



 

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “Sevinch” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan T-3, 6300 kVA quvvatli transformatorni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan transformatorni elektr tarmog‘iga ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq tegishli texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, elektr qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida bajarilmoqda.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⇒ https://www.youtube.com/

—

22.10.2026

⚠️ DIQQAT E’LON!
 

 

► Shayxontohur tumani aholisi diqqatiga!

Avval xabar berganimizdek, “Sevinch” podstansiyasida olib borilayotgan ishlar biroz cho‘zilgani sababli elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar soat 21:00 ga qadar davom etishi kutilmoqda.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

—

22.10.2026

RASMIY IZOH

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar yuzasidan bildirilayotgan ayrim fikr va e’tirozlar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2026-yil 22-oktabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “Sevinch” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan T-3, 6300 kVA quvvatli transformatorni ishga tushirish maqsadida rejali texnik ishlar amalga oshirilishi haqida iste’molchilar bir kun oldin rasman xabardor qilingan.

Shuningdek, kun davomida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali videolavhalar ko‘rinishida yoritib borildi.

Ishlarning belgilangan muddatdan biroz cho‘zilishi yangi transformatorni elektr tarmog‘iga xavfsiz ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq texnik jarayonlar sababli yuzaga keldi. Shu bois, elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilish muddati soat 17:00 dan 21:00 ga qadar uzaytirilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Iste’molchilardan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz hamda keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

https://t.me/Tashkent_Land/80826

https://t.me/Tashkent_Land/80825

https://t.me/Tashkent_Land/80833

♦ AXBOROT XIZMATI